alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti va xalqaro hamkorlik aloqalari

17:57 31.01.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining nufuzi kundan kunga o‘sib xorijiy hamkorlik aloqalari ko‘lami kengayib bo‘lmoqda. Ayniqsa, qo‘shni davlatlar – Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlari oliy ta’lim dargohlarining hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasidagi takliflari institut jamoasini quvontirmoqda.


Andijon davlat tibbiyot institutiga  Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahrida faoliyat yurituvchi “Vorld Choys Interneshnl Edyuneyshn Konsultant Osh” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ul vakili Ali Athar tashrif buyurdi.

Asli pokistonlik bo‘lgan  Ali Athar bilan institut rektori M.M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov, Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri Z. Kaharovlar suhbatda bo‘lishdi. Samimiy suhbat davomida institut rektori institutning ilmiy salohiyati, xorijiy hamkorlari, institutda xorijiy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar   bilan tanishtirdi.



“Vorld Choys Interneshnl Edyuneyshn Konsultant Osh” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ul vakili Ali Athar o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Andijon davlat tibbiyot institutiga Hindiston, Pokiston davlatlaridan talabalarni jalb etish borasida takliflarini bildirdi.  Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.



Shundan so‘ng pokistonlik mehmon institut simulyasion markazida bo‘lib talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Qirg‘iziston Respublikasida faoliyat yurituvchi “Vorld Choys Interneshnl Edyuneyshn Konsultant Osh” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ul vakili Ali Atharning Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrifi ikki tomon uchun foydali kelishuvlar bilan yakunlandi

ADTI axborot xizmati