alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti voleybol bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” sohibi

15:13 19.12.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” uchun musobaqalar o‘tkazildi.


Dastlab Andijon qishloq xo‘jaligi instituti va viloyatdagi yangi institut – Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti jamoalari maydonga tushdilar. Murosasiz bahs natijasida Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti voleybolchilari o‘yinni tark etdilar.



Andijon davlat universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi instituti o‘rtasidagi bahsni ham muhlislar zo‘r qiziqish bilan kuzatib bordilar.
Finalda Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon Mashinasozlik instituti jamoalari kurash olib bordilar.



Murosasiz, keski bahslar natijasida Andijon davlat tibbiyot instituti voleybolchilari “Viloyat hokimi kubogi” sohibi bo‘lishdi.
“Viloyat hokimi kubogi” uchun voleybol musobaqalarining barcha ishtirokchilari tashkiltchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.




Eng asosiysi esa, barcha ishtirokchilar sport bilan oshno bo‘lib jismoniy chiniqishlari bilan birga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!