alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti Xorijiy tillar kafedrasida ilmiy-amaliy anjuman

13:37 27.05.2020

Onlayn ravishda tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanni o‘tkazishdan maqsad 2020-yil – “Ilm. ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yil 5-maydagi “Oliy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2956-sonli Qarori hamda 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori ijrosini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.


Anjumanda professor-o‘qituvchilar, iqtidorli talabalar ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi. Anjuman ishini kafedra o‘qituvchisi Sherzodbek Numonov olib bordi.


Ilmiy-amaliy anjuman fundamental, ijtimoiy-gumanitar, tibbiyot fanlarida hamda kasbiy ta’limda innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi.


Anjuman materiallari to‘plam sifatida chop etildi.

O‘.Po‘latova

ADTI Horijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!