alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti Yangi yil bayrami shukuhida

17:50 17.12.2019

Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Shu kunlarda ona O‘zbekistonimizda, go‘zal Andijonimizda ana shu bayram shukuhi. Ko‘cha-yu xiyobonlar bayramona libosga burkangan.


Shahar markazida qad rostlagan ulkan va ko‘rkam Archa katta-yu kichikni o‘ziga chorlamoqda. Bayramona bezatilgan ko‘cha va xiyobonlar bahri dilingni ochadi. Bayramni mana shunday munosib tayyorgarlik va shodu-xurramlik bilan qarshilash xalqimizga azaliy odat.


An’anga ko‘ra Andijon davlat tibbiyot institutida ham Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlanib ketgan. Institut hovlisidagi rango-rang panno va chiroqlar har bir insonga bir olam zavq-shavq, ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.


Odamlar qalbida farahbaxsh kunlar uchun shukronalik hissini oshirib, ezgu niyatlarni uyg‘otmoqda.


Fakultetlar, kafedralarda bayram tadbirlari boshlanib ketgan. Yangi yil tadbirlarida iqtidorli talabalarning sho‘h raqslariga qalbi qaynoq ustozlar – professor-o‘qituvchilar qo‘shilib raqs etishmoqda.


Institut hovlisi, fayesi, talabalar turar joyidagi Yangi yil Archalari bayramona libosi bilan ko‘zlarni quvontiradi, ezgulikka chorlaydi. Dillarda bir ezgu tilak – Yangi yil barchaga baxt, omad, yangi-yangi yutuqlar olib kelsin!

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!