Andijon davlat tibbiyot instituti yigitlarining yangi yutug’i

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Mudofaa vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularni har tomonlama bilimli, salohiyatli, o’z yurtiga sadoqatli, barkamol insonlar qilib tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori hamda Harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi jamoasining sa’y-harakatlari natijasida talaba-yoshlarni harbiy sohaga tayyorlashda bir qator yutuqlarga erishildi. Talaba yigitlar tibbiyot sirlarini o’rganish barobarida jismonan baquvvat bo’lib, harbiy – tibbiy soha sirlarini mukammal egallashmoqda. Yangi o’quv yili arafasida mard, jasur, vatanparvar talaba yigitlarimizning yana bir yutug’i barchamizni quvontirdi. Institutning davolash fakulteti 2- bosqich talabasi Abbosbek Isomiddinov Mudofaa vazirligi tavsiyasi bilan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Kirov nomli Harbiy tibbiy Akademiyasi kursanti bo’ldi. Abbosbekning bu yutug’ida fakultet, harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi o’qituvchilari, jumladan kafedra boshlig’i Akmaljon Nasriddinovning alohida xizmatlari borligini e’tirof etish kerak.

Bundan tashqari, davolash fakulteti talabalari – Alibek Abduvaliev, Sanjarbek Mamasoliev, Boburjon Ilhomjonov va Ahmadillo Nasimjonovlar Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy tibbiyot fakulteti 5-bosqich talabalari safiga qabul qilindi.

Biz talabalarimizning bu yutuqlari bilan tabriklaymiz va ularni kelgusida mard, jasur Vatan himoyachilari bo’lishi bilan bir qatorda mohir va tajribali harbiy shifokor bo’lishlariga ishonamiz.

Ulug’bek Karimov

ADTI davolash fakulteti dekan o’rinbosari.

231