(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasi targ'ibot ishlarini davom ettirmoqda

16:50 17.07.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasi bugungi kunda Oltinko’l tumanida sog’lom hayot aksiyasini o’tkazdilar. Aksiya davomida ko’ngillik yoshlar tuman 43-oilaviy poliklinikaga qarashli Erkin MFY Toshbolta, Serhayot, Yoshlar, Erkin ko’chalarida yashovchi fuqarolar bilan dildan suxbatlashib ularning sog’liklari bo’yicha qiynab kelayotgan muammolarga o’z maslaxatlarini berib, aholi o’rtasida ko’p uchraydigan kasalliklarning oldini olish bo’yicha targ’ibot ishlarini o’tkazdilar.

Yosh volontyorlar jamoasi Erkin MFY ma’muriyati bilan hamkorlikda qarovga muhtoj va nogironligi bor fuqarolarga oziq-ovqat maxsulotlarini yetkazishda amaliy yordam berdilar.

Karantin davrida aholi o’rtasida niqob bilan yurishni va gigiyenik qoidalarga amal qilish to’g’risida ham tushuntirildi. Keyinchalik aholiga koronavirus pandemiyasi davrida zarurat bo’lmasa ko’chalarga chiqmaslik agarda zarurat bo’lganida ham tibbiy gigiyena qoidalariga amal qilish bo’yicha targ’ibot ishlarini amalga oshirishdi.