alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Психологические ростройства в эпоху COVID-19” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi

15:59 25.09.2020

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “COVID-19 pandemiyasi davrida ruhiy tushkunlik holati” mavzusida o‘tkazilgan onlayn ilmiy-amaliy konferensiyani ADTI Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Z.Salaxiddinov boshqarib bordi. Konferensiya raisi ishtirokchilar bilan tanishtirib o‘tgach, ADTI Psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri M.L.Agranovskiy ilmiy-amaliy onlayn konferensiyaning tashkil etilishi va uning oldiga qo‘yilgan maqsad, vazifalar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyada Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonning psixolog olimlari COVID-19 pandemiyasi davrida bemorlarning ruhiy holatlari, kuchli ruhiy tushkunlik holatiga tushgan bemorlarga tibbiy yordam berish usullari yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.
Jumladan: I.M.Sechenova nomidagi Moskva tibbiyot akademiyasi professori Yu.P.Sivolap, Dog‘iston tibbiyot universiteti professori N.D.Mollayeva («Психические и поведенческие расстройства в условиях пандемии COVID-19»), Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti professorlari S.Z.Yeshimbetova («Психическое здоровье и пандемия covid-19»), K.T.Sarsembayev («Интеграция первичной медико-санитарной помощи и психиатрии в условиях пандемии Covid-19»), o‘zbekistonlik psixologlar, professor U.X.Alimov («Особенности психических нарушений у больных, перенесших  COVID-19»), Z.Sh.Ashurov («Новые вызовы психиатрии в эпоху пандемии COVID-19»), M.L.Agranovskiy («Тревожные расстройства и их лечение в эпоху Covid-19»), V.K.Abdullayeva («Проблемы психического здоровья детей и подростков в ситуации пандемии COVID-19»)larning ma’ruzalari onlayn konferensiya ishtirokchilari e’tiborida bo‘ldi.
Ma’ruzalardan so‘ng mutaxassislar va konferensiyaning onlayn ishtirokchilari o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

“Психологические ростройства в эпоху COVID-19” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya yakunida ADTI Psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri M.L.Agranovskiy barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!