alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida 1-Xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazildi

17:51 25.04.2019

2019- yil 25- aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Anatomiya, Gistologiya va patologik anatomiya fanlari bo‘yicha  1-Xalqaro talabalar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro olimpiadada Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahri Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi,  O‘sh davlat  universiteti tibbiyot fakulteti, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti hamda Andijon davlat tibbiyot institutining talabalari ishtirok etdilar. Xalqaro olimpiada 4 bosqichda ADTI Anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya, Tibbiy biologiya va gistologiya kafedralari o‘quv xonalarida  o‘tkazildi.

Anatomiya fani bo‘yicha talabalar dastlab test sinovlarini topshirdilar, so‘ngra ho‘l preparatlar bilan ishlash, tezkor savol-javoblar hamda institut simulyatsion o‘quv markazida esa favqulodda vaziyatlarda 1-yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Olimpiada jarayonini Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi, O‘sh davlat  universiteti tibbiyot fakulteti, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti hamda ADTI professor-o‘qituvchilaridan iborat hay’at a’zolari kuzatib, baholab bordilar.

Shuningdek, Gistologiya va patologik anatomiya fanlaridan olimpiada ishtirokchilari  test sinovlarini topshirdilar, og‘zaki savol-javoblar, vaziyatli topshiriqlar makro va mikropreparatlar tahlili bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Xorijiy talabalar ishtirokidagi olimpiada ko‘tarinki kayfiyatda, hamjihatlik va faoollikda, samimiy va do‘stona ruhda, shuningdek, shaffof va odilona tarzda o‘tkazildi.

Anatomiya fani bo‘yicha olimpiada yakuniy natijalarini ADTI Anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi mudiri Z.Qaxarov e’lon qildi. Olimpiadada faol ishtirok etgan oliygohlarning professor-o‘qituvchilariga, guruh rahbarlariga “Tashakkurnoma” topshirdi.

Natijalarga ko‘ra,  dotsent H.Rasulov rahbarligidagi Toshkent tibbiyot pediatriya instituti jamoasi 1-, Andijon davlat tibbiyot instituti I.Sattiboev rahbarligidagi “Magnus” jamoasi 2-, O‘shDU tibbiyot fakulteti dotsent  J.Muratova  boshchiligidagi jamoa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ularga diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandilar. O‘shDU tibbiyot fakulteti talabalari “Eng faol ishtirokchi”, ADTI “Atlant” jamoasi “Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha faol ishtirokchi”, A.Abdikerimova boshchiligidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi jamoasi “Xorijiy jamoalar o‘rtasida faol ishtirokchi”  ToshPI “Mahalliy ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha  1-darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik O‘shDU tibbiyot fakulteti talabasiga nasib etdi.

Gistologiya  va  patalogik anatomiya bo‘yicha olimpiada natijalari bilan ADTI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov tanishtirdi.

“Gistologiya  fani bo‘yicha yaxshi bilim va ko‘nikmalar egasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1 va 3-o‘rinlar ADTI talabalariga, 2-o‘rin O‘shDU talabalariga, “Mikropreparatlarni yaxshi tahlil qiluvchi” nominatsiyasi bo‘yicha 1- va 3-o‘rinlarni O‘shDU talabalari, 2-o‘rinni ADTI  talabalari egalladilar.

G‘oliblarga diplomlar va esdalik sovg‘alari shuningdek, O‘shDU rahbariyatiga “Tashakkurnoma”, ishtirokchi professor-o‘qituvchilarga esa sertifikatlar topshirildi.

O‘z o‘rnida O‘shDU professori S.Shatmanov, olimpiada jarayoni haqida iliq fikrlarini aytib, ADTI rektori M.Madazimovga va dotsentlar R.Rahmonov va A.Mamatalievlarga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

Mazkur Xalqaro olimpiada barcha ishtirokchilar uchun katta taassurotlarga boy bo‘ldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!