alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida 2020/2021-o’quv yiliga qabul jarayoni

15:38 25.06.2020

Joriy yilning 25 iyun kuni institut rektori M.M. Madazimov institut ilmiy kengashlar zalida qabul komissiyasi a’zolari bilan yig’lish o’tkazdi.

Yig’ilish 2020-yil 23 iyun kuni oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o’tkazilgan video-selektor yig’ilishida namoyish qilingan “Kasbga hiyonat” deb nomlangan video-rolikni ko’rsatish bilan boshlandi.


Namoyishdan so’ng, institut rektori so’zga chiqib, muhtaram Prezidentimiz ilgari surayotgan, ya’ni oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, bevosita qabul jarayonida bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik, buni oldini olish, barchani vazifasi va hozirgi kunda eng dolzarb masala ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Shundan so’ng, qabul komissiyasi raisi o’rinbosari A.Sh. Arziqulov so’zga chiqib, komissiya a’zolariga Covid-19 karantini munosabati bilan qabul jarayonidagi o’zgartirishlar, yangiliklar, tartiblar va abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirdi.

Shu bilan birgalikda qabul komissiyasi a’zolariga qabul jarayoni bilan bog’liq topshiriq va vazifalar yuklatildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!