Andijon davlat tibbiyot institutida 5 ta tashabbus ijrosi amalda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 25-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida stomatologiya fakulteti dekani D.SH.Tulanov mas’ulligida “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularninng sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish” shiori ostida ikkinchi muhim tashabbus ijrosini ta’minlash bo’yicha sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Unga ko‘ra stomatologiya fakulteti talabalari orasida sportnnig mini futbol turi bo’yicha guruhlararo saralash turnirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirda stomatologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.R.Musaev hamda fakultetning 1-2-kurs talabalari ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari har haftada shunday guruhlararo saralash musobaqalari o‘tkazishga kelishib oldilar.

188