alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish”ga qaratilgan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

15:54 23.12.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston  Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish”ga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.


Ko‘rgazmali seminarda Andijon shahar FVB boshliq o‘rinbosari M.Usmonov, Andijon shahar FVB bo‘linma boshlig‘i A.Sharipov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv  komandasi boshlig‘i R.Boltaboyev, Andijon shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori Sh.Xojimatov, ADTI Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O‘.Ahmedov, ADTI kafedra va bo‘lim boshliqlari, talabalar ishtirok etishdi.


Favqulodda vaziyatlarda jabrlanuvchilar va moddiy boyliklarni qutqarishda foydalaniladigan qutqaruv asbob va anjomlarining ishlash prinsiplari bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazilgan seminarni institut Fuqaro va mehnat muxofazasi bo‘limi boshlig‘i O‘.Ahmedov ochdi va O‘zbekiston  Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qarorlari va yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan amalga oshirilayotgan ishlar xaqida ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.


Seminar davomida mutaxassislar favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong‘in xavfsizlik qoidalariga amal qilish, gaz va elektr simlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, oziq-ovqatdan zaharlanish sodir bo‘lganda harakatlanish masalalari yuzasidan tushuncha berib o‘tdilar.



Seminarning amaliy qismida respublikamiz va xorij davlatlarda ishlab chiqarilgan qutqaruv-qidiruv asbob-uskunalari, yong‘in o‘chirish asboblari ishlash prinsipi bilan tanishtirildi.
Bunda mutaxassislar talabalarga qutqaruv asbob-anjomlarini ko‘rsatib va ulardan qanday foydalanishlarini aytib o‘tdilar. Xorijda hamda o‘zimizda ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar mustaxkamligi xamda qo‘llanish usullari talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Shundan so‘ng viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari qutqarish amaliyotini ko‘rsatib berdilar.
Tadbir yakunida mutaxassislar talabalar va xodimlarning ko‘plab savollariga javob berdilar.

Ko‘rgazmali seminarda har bir fuqaro favqulodda vaziyatlarga doimo tayyor bo‘lib turishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

 Z.Qosimov

ADTI Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muhandis

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!