alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Andijonda 10 kun EKO aksiya”si

15:31 03.03.2020

Bahorning iliq kunlari  insonga rohat bag‘ishlamoqda. Tabiatdagi uyg‘onish har birimizni bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga undaydi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonovning tashabbusi bilan viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Andijonda 10 kun EKO aksiya” loyihasi doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ushbu aksiyada institut rektori M.M.Madazimov boshchiligida barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan institut asosiy binosi xududiga 70 tup mevali va 100 tup manzarali hamda 2000 tup mavsumiy gul ko‘chatlari ekildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Tashabbuskor professor-o‘qituvchilar va xodimlar uylariga ham 45 tup manzarali hamda 176 tup mevali ko‘chatlar ekkanliklarini mamnuniyat bilan aytib o‘tishdi.
Institut xo‘jalik bo‘limi xodimlari va talabalar tomonidan institutning 1- va 2 –  talabalar turar joyi xududi, uning atrofidagi ko‘chalar va kichik maydonchalarga 60 tup mevali va 80 tup manzarali hamda 1000 tup mavsumiy gul ko‘chatlari ekildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

“Andijonda 10 kun EKO aksiya” loyihasi bayramona ko‘rinishda davom etmoqda.

Kozimjon Baydullaev

ADTI pediatiriya fakulьteti dekan o‘rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!