alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida asakalik maktab o‘quvchilari

15:50 04.02.2020

Andijon davlat tibbiyot institutiga Asaka tumanidagi 28-maktabning 50 nafardan ziyod 10-, 11-sinf o‘quvchilari tashrif buyudilar. Mamlakatimiz ta’lim tizimidagi islohotlar asosidagi maktab va oliy ta’lim hamkorlik yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir.

O‘quvchilarni oliy ta’limga jalb qilish, qolaversa, ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga mehr uyg‘otish maqsadida  uyushtirilgan mazkur tashrifda o‘quvchilarga maktab psixologi X.Asranova, maktab yoshlar etakchisi J.Xalilov, sinf rahbarlari B.Sobirova, D.Usmonovlar hamrohlik qilishdi.

Asakalik maktab o‘quvchilarni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov rahbarligidagi institut jamoasi, jumladan davolash fakulteti yoshlar  bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek  Karimov, patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedarsi ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha mas’uli  Bahtiyor Razaqov, «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida mas’ul lavozimlarga tayinlangan institut talabalari samimiy kutib oldilar. Institut kengashlar zalida prorektor P.X.Asxanov  oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar, institut tarixi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ular erishayotgan yutuqlar haqida so‘zlab berdi. Talabalar institutga qabul tartiblari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirga savollar bilan murojaat qilishdi va batafsil javoblar olishdi.

Shundan so‘ng institut professor-o‘qituvchilari, talablar hamrohligida maktab o‘quvchilari institut o‘quv zallari, muzeylar, institutning simulyasion o‘quv markazi, ma’ruza zallari bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilarda simulyasion o‘quv markazidagi amaliy mashg‘ulotlar katta taasurot qoldirdi.

Institut hayoti bilan tanishish jarayonida bir guruh o‘quvchilar albatta Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘lishga ahd qilishdi. Maktab o‘quvchilari samimiy qabul uchun institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

Ulug‘bek  Karimov

ADTI davolash fakulteti yoshlar

 bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!