alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida Belgiya, Ukraina davlatlari professorlari ishtirokida xalqaro onlayn ma’ruza

18:25 13.02.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti otorinolaringologiya kafedrasi hamda Vrachlar malkasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining Umumiy amaliyot shifokorlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash, travmatologiya ortopediya, neyroxirurgiya, otorinolaringologiya va urologiya kafedrasi, Toshkent Vrachlar malkasini oshirish instituti boshchiligida, O‘zbekiston otorinolaringologlar assotsiatsiyasi bilan Andijon shahridagi “Bog‘ishamol” mehmonxonasi Bizness hamkorlar zalida Germaniyaning “Bionorika” farm kompaniyasi hamkorligida «Rinosinusitlarni davolashda zamonaviy yondoshuv» mavzusida onlayn video ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanni Toshkent Vrachlar malkasini oshirish instituti o‘quv ishlari prorektori Qosimova Munira Sadikjanovna ochib berdi. O‘zbekiston otorinolaringologlar assotsiatsiyasi rahbari professor Shayxova Xolida Erkinovna anjumanni olib bordi.

Bionorika kompaniyasi raisi professor Uve Baumann, Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining ekspert gurux rahbari «Otorinolaringologiya va bo’yin bosh jarroxligi» kafedrasi mudiri professor Vasil Popovich,  Belgiya Gent Universiteti professori Klaus Baxtert va Toshkent stomatologiya instituti Otorinolaringologiya kafedrasi mudiri professor Shamsiev Jaxongir Fazlitdinovichlar “Rinosinusitlar klinikasi, zamonaviy diagnostikasi, yangi davolash usullari va profilaktikasi” mavzusida mazmunli va qiziqarli ma’ruzalar o‘qidilar.

Munozara va baxslarga boy tarzda o‘tgan onlayn anjumanda Samarkand, Urganch, Buxoro va Farg‘ona vodiysi shifokorlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

J.M.Xudayberdiev

ADTI Vrachlar malkasini oshirish
va qayta tayyorlash fakulteti
dekan o‘rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!