alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan tadbiri o‘tkazildi

18:21 12.03.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida shoir, rassom, aktyor, xonanda Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan tadbiri o‘tkazildi. Institut normal fiziologiya kafedrasi tashabbusi bilan uyushtirilgan adabiy-badiiy tadbirini shu kafedra mudiri A.G.Xudayarova ochib berar ekan, xalqimizning suyukli xonandasi Botir Zokirov o‘zining dilbar qo‘shiqlari bilan o‘zbek xalqini dunyoga tanitganligini alohida e’tirof etdi.

Xotira tadbirida xushovoz xonandaning hayoti va ijodi haqida hikoya qitliuvchi videorolik namoyish etildi.


Talabalar tomonidan B.Zokirov qalamiga mansub she’rlar o‘qildi.


Nafaqat o‘zbek estradasi, balki dunyo estrada san’atida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Botir Zokirovning qo‘shiqlari talabalar tomonidan jonli ijro etilganda barcha ommaviy raqsga tushdi.


Shoir, rassom, aktyor, xonanda Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan tadbiri talabalarga ma’naviy ozuqa berishi bilan birga ularning maroqli dam olishida alohida o‘ringa ega bo‘ldi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!