alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida ingliz tili fanidan masofaviy bellashuv o‘tkazildi

14:33 11.05.2020

Koronavirus pandemiyasi sharoitida ta’til vaqtida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularning bilimlarini oshirish, iqtidorlarini rag‘batlantirish maqsadida Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan 2020-yil 11-may kuni soat 10:00 da Zoom dasturi orqali talabalar o‘rtasida ingliz tili fani bo‘yicha masofaviy bellashuv o‘tkazildi.


“O‘zingiz bilgan va bilmagan bilimlaringiz bilan do‘stlashing” shiori ostida amalga oshirilgan bellashuvda talabalar onlayn muloqot davomida ingliz tili bo‘yicha bilimlarini mustahkamladilar.


Bellashuv Xorijiy tillar kafedrasi mudiri dotsent L.S.Xudayberdiyeva, kafedra professor va o‘qituvchilari kuzatuvda  3 bosqichda o‘tdi.
 

U.S.Po‘latova       

ADTI Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!