alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida iqtisod fanlari nomzodi, dotsent X.Yu.Musayevning xotirlash tadbiri o‘tkazildi

17:42 12.03.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Xasanohun Yusupovich Musayevning hotirlash tadbiri o‘tkazildi. Xotira tadbirini institut innovatsiyalar va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori G‘.M.Xodjimatov olib bordi.

Xotira tadbirida iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Xasanohun Yusupovich Musayevning oila a’zolari, do‘stlari, hamkasblari va shogirdlari, talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tayyorlangan X.Yu.Musayevning Andijon davlat tibbiyot institutida olib borgan mehnat faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi.

Tadbirda so‘z olgan ustozning o‘g‘li K.Musayev,  Andijon davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori R.T.Shamsitdinov, fahriy jurnalist N.S.Saidov, istefodagi polkovnik S.X.Shamsutdinovlar X.Yu.Musayevning samarali mehnat faoliyati, ibratli hayot yo‘li haqida o‘z xotiralarini so‘zlab berdilar.

Mehri daryo, bag‘ri keng, sahovatli va talabchan ustoz Xasanohun Yusupovich Musayevning Xotirlash tadbiri talabalar uchun tom ma’noda ibrat maktabi bo‘ldi.

A.Abduxalimov,

ADTI yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!