alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida jarrohlik fanidan respublika fan olimpiadasi boshlandi

15:51 13.05.2019

2019-yil 13-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida respublikamizdagi tibbiyot institutlari  talabalir o‘rtasida Jarrohlik fanidan respublika fan olimpiadasi  boshlandi. Olimpiada ishtirokchilarini  institut bosh binosida hurmat-ehtirom bilan  kutib olindi. Institut ilmiy kengashlar zalida olimpiadaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali ochilish marosimini institut rektori, professor M.Madazimov ochib, tibbiyotdagi islohotlar, Yurtboshimizning  tibbiyot va tibbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha chiqargan Farmon va qarorlari, ayniqsa. “Oliy ta’lim tizimini  yanada yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-sonli Qarori bilan  har bir institut  moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yoshlarni ilm-fanga qiziqishini   qo‘llab-quvvatlash, shuningdek,  “O‘zbekiston Respublikasida  tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2956-sonli qarori bilan tibbiy ta’limni isloh qilish, “O‘zbekiston Respublikasi  aholisiga 2017-2021 yillarda  ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3171-sonli qarori bilan simulyatsion o‘quv markazlari ochilib, samarali ish olib borilayotganligi  to‘g‘risida gapirdi.

O‘z navbatida  Rossiya ta’lim Forumi  ochib bergan yo‘l – xalqaro  ta’lim hamkorligini yo‘lga qo‘yish,  qo‘shma fakultet, filial va markazlar ochish  bo‘yicha amaliy ishlar bosqichma-bosqich  yo‘lga qo‘yilayotganligi haqida ma’lumot berib o‘tdi va barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.

Urologiya va jarrohlik kafedrasi mudiri, professor Fozil Nishonov olimpiadachilarni  tanishtirib, sinov qonun-qoidalari, simulyatsion va endoskopik o‘quv markazlaridagi amaliyot jarayonlari va test sinovlari haqida tushuncha berib o‘tdi.

13-may kuni  I tur  sinovlari boshlanib, unda  ishtirokchilar yozma topshiriqlarni bajarishga kirishdilar. Unda respublikamizdagi tibbiyot institutlaridan eng bilimli va iqtidorli talabalar:  Alisher Marksov(Toshkent tibbiyot akademiyami Urgench filiali), Shahnoza Oxunova (Toshkent tibbiyot akademiyasi), Ajiniyoz Alimbetov (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali), Alisher Qodirov (Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali), Bobur Abduvoitov(Samarqand davlat tibbiyot instituti), Ibodjon Ismoilov (Buxoro davlat tibbiyot instituti), Muxlisa Umarova(Toshkent pediatriya tibbiyot instituti), Jamoliddin G‘anijonov(Andijon davlat tibbiyot instituti)dan ishtirok etmoqdalar.

Tushlikdan so‘ng, II tur – og‘zaki savol-javoblarni baholash bo‘yicha sinovlarni institut ilmiy  ishlar va  innovatsiyalar bo’yicha prorektori G’.Xodjimatov ochib berdi. Olimpiadachilar biletlar tortib, tayyorgarlik ko’rib, so’ngra javob berdilar.

Olimpiada adolatli va shaffof tarzda  tashkil etilib,  jarayonlarda Umumiy jarrohlik, shuningdek,  Jarrohlik va urologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari muhim tashkiliy ishlarni  a’lo darajada bajarib, mehmonlarga  hurmat va iltifot ko‘rsatmoqdalar.

Olimpiadaning III va yakunlovchi qismi ertaga 14-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!