Andijon davlat tibbiyot institutida kitob savdosi yarmarkasi tashkil qilindi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Bugun, 5- aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti  foyesida  «Yangi asr avlodi» nashriyoti  «Yoshlar matbuoti»  mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda institut  Axborot –resurs markazi hamkorligida  kitob savdosi  yarmarkasi tashkil etildi.

Savdo yarmarkasidan  chet el va o‘zbek  adiblarining  eng sara asarlaridan iborat badiiy kitoblar, ilmiy adabiyotlar, bolalar uchun kitoblar, turli lug‘atlar o‘rin olgan bo‘lib,  barchaning qiziqishini uyg‘otdi.

Kitob savdosi yarmarkasi tashkil etilganligidan  mamnun bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, ayniqsa, talabalar o‘zlari uchun sevimli  kitoblarni  xarid qilib oldilar.

Mazkur yarmarka  o‘z faoliyatini  davom  ettiradi.

577