alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “KITOBXON TALABA” TANLOVI O‘TKAZILDI

16:06 24.03.2023

Yoshlarimizni milliy qadriyatlar, tarixiy – ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidorlarini namoyon etishlariga ko‘maklashish ularni yanada ko‘p o‘z  ustilarida ishlashga undaydi. Ayni shu maqsadda  Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot resurs markazida “Kitobxon talaba” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda talabalar “O‘tkan kunlar” (Abdulla Qodiriy), “Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov), “Ikki eshik orasi” (O‘tkir Hoshimov) romanlarining har biri bo‘yicha tuzilgan 100 ta test savoliga hamda hakamlar tomonidan berilgan savollarga  javob berdilar.

Shuningdek, tanlov davomida talabalarning ishtirokini institut Axborot-resurs markazi ilmiy uslubiyat bo‘limi mudiri Y.Iminova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi uslubchisi R.Usmonova, magistratura bo‘limi tyutori X.Redjapboyeva va tyutor S.Yoqubov kuzatib, baholab bordilar.

Yakunda faol qatnashganliklari uchun:

Davolash fakulteti talabalari: N.Mansurjonov, B.Shokirov, S.Abdug‘afforov; Stomatologiya fakulteti talabalari: M.Darveshaliyeva, M.Rahmonova;

Farmatsiya fakulteti talabalari: M.Mirzabahromov, R.Aminova;

Pediatriya fakulteti talabalari: O‘.Sobirjonova, R.Mirodilovalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!