alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida klinik ordinatura (rezidentura) yo’nalishiga kirish imtihonlari bo’lib o’tdi

11:23 22.08.2019

2019- yil  22- avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida 2019-2020 o’quv yili uchun klinik ordinaturaga kirish uchun imtihonlari bo’lib o’tdi. Imtihon O’zbekiston Respublikasi  Sog’liqni saqlash vazirining 2019- yil 17- iyuldagi  182- sonli, shu asosda chiqarilgan ADTI rektorining buyruqlari asosida tashkil etildi.
Kirish sinovlari oldidan institut rektori M.Madazimov barcha abituriyentlarni yig’ib, oldinda turgan imtihonlar har jihatdan adolatli va shaffof o’tishini, bu sinovlarda ularga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so’ng, biletlar solingan konvertlar abiturientlar guvohligida ochilib, sinovlar boshlandi.

Imtihon jarayonlarining adolatli va shaffof o’tishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston “Adolat” SDP Andijon shahar Kengashi deputati  Shohidaxon Valieva ishtirok etdi va  kuzatib bordi.

Shuningdek, shu kuni institutga O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi rahbari,   ijtimoiy-madaniy rivojlantirish bo`yicha doimiy komissiya raisi, viloyat Kengashi  deputati Abdulhamid Nurmatov hamda O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi  Andijon shahar Kengashi deputati Rahimjon Isoqovlar ham tashrif  buyurdilar.

Ular imtihon jarayonlarining shaffofligini  kuzatgach, institutda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdilar.

A.Nurmatov va R.Isaqovlar institut bosh  o`quv binosidagi media markaz va simulyatsion o`quv markazlarida  talabalarning bilim olishi hamda  amaliy ko`nikmalar hosil qilishdagi imkoniyatlarni ko`rib, e’tirof etdilar.

Klinik ordinaturaga tanlovlar buyruqda ko’rsatilganidek,  test va og’zaki sinovlardan iborat bo’lib, har bir abituriyent belgilangan vaqt ichida tayyorgarlik ko’rib, imtihonlarni topshirdilar.

Sinovlar  tartibli va xolis tarzda o’tkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!