alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon  davlat  tibbiyot  institutida klinik ordinatura (rezidentura)ga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

14:42 02.10.2020

Bugun – 2-oktabr kuni Andijon  davlat  tibbiyot  instituti asosiy binosida klinik ordinatura(rezidentura)ga 2020-2021 o‘quv yili qabuli uchun kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil
16-iyuldagi 190-sonli buyrug‘iga asosan klinik ordinaturaga talabgorlar bilan institut rektori vazifasini bajaruvchi G‘.M.Xodjimatov mamlakatimizda tibbiyot sohsida amalga oshirilayotgan islohotlar, tibbiy xodimlar oldiga qo‘yilayotgan dolzarb vazifalar xususida so‘z yuritdi va ordinatura yo‘nalishida ta’lim olib o‘z bilim va malakasini oshirishi istagida bo‘lgan yoshlarga test imtihonlarida omad tiladi.


Talabgorlar koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya sharoitida dezinfeksiya talablariga rioya qilgan xolda tana  harorati o‘lchanib, tibbiy niqob taqqan holda, antiseptik vositalarni qo‘llagan holda test topshirish binosiga ijtimoiy masofa saqlagan xolda kiritildi.



Jami 545 nafar talabgorlar  kardiologiya, tibbiy radiologiya, urologiya, akusherlik va ginekologiya, psixiatriya, pediatriya kabi 46 ta mutaxassislik  yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tdilar.


Test sinov natijalari institutning rasmiy veb saytida e’lon qilinadi.

Qabul  hay’ati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!