alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida KOICA vakili

19:40 28.09.2019

Andijon davlat tibbiyot institutiga Koreya xalqaro hamkorlik aloqalari tashkiloti – KOICA vakili, tibbiyot fanlari doktori, professor Song Yong Il tashrif buyurdi.

Koreyalik mehmonni institut rektori Madaminjon Madazimov samimiy kutib oldi. O‘zaro suhbat davomida institutning o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, 40 dan ziyod xorijiy tibbiyot muassasalari bilan turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rnatilgan aloqalar bilan tanishtirib o‘tdi.

Professor Song Yong Il O‘zbekiston va Koreya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kundan-kunga kengayib borayotgani, KOICAning mamlaktimiz ta’lim tizimida olib borayotgan aloqalari, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi va Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Mazkur oliy ta’lim muassasalar bilan hamkorlikda o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Akupunktur nuqtalar topografiyasi”, “Ignaterapiya” kitoblarini institut jamoasiga sovg‘a qildi. ADTI rektori koreyalik mehmonga institut haqida batafsil ma’lumot beruvchi to‘plam va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shundan so‘ng koreyalik mehmon institutning Simuliyatsion o‘quv markazi, kampyuter markazi, Axborot-resurs markazida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, talabalar bilan suhbatlashdi.

Koreya xalqaro hamkorlik aloqalari tashkiloti – KOICA vakili, tibbiyot fanlari doktori, professor Song Yong Il tashrifi davomida ADTI jamoasi bilan Sharq tabobati yo‘nalishi, talabalar almashinuvi bo‘yicha aloqalar o‘rnatilishiga kelishib olindi.
ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!