alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida  koronavirus tarqalishni oldini olish maqsadida berilgan ta’til vaqtida talabalar yotoqxonalarida yashab turgan xorijlik talaba uchun barcha qulayliklar yaratilgan

08:57 07.04.2020

Ayni paytda Andijon davlat tibbiyot institutida ta’til munosabati bilan talabalar yotoqxonasida 8 nafar xorijlik talaba istiqomat qilmoqda. Ular 6 ta xonaga joylashganlar. Ta’til vaqtida talabalar yotoqxonalarida yashab turgan xorijlik talabalar zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, gigiena hamda zarur bo‘ladigan dastlabki dori-darmon vositalari bilan to‘la ta’minlanganlar.

Ayniqsa ,  niqob,  spirt. antiseptik gel, termometr, nam salfetka,  sovun kabi mahsulotlarni doimiy ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda har bir turar joyga doimiy nazorat qilish uchun institutning professor-o‘qituvchilaridan mas’uliyatli vakil biriktirildi. Yotoqxonaning 2 ta tibbiyot xonasida  institut tomonidan 2 nafar navbatchi shifokor va 2 nafar hamshira biriktirilgan va ularning salomatliklari doimiy nazoratda.

Xorijlik talabalarning madaniy dam olishi uchun 4 ta xona jihozlanib 5 ta televizor va DVD pleer, noutbuk yoki boshqa axborot vositalari bilan ta’minlangan.

Jahon internet tarmog‘i va WiFi hududlari mavjud hamda 24 soat mobaynida faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilgan. Yotoqxona kutubxonasi ham talabalar xizmatida bo‘lib unda 100dan ziyod o‘quv va  badiiy adabiyotlar mavjud. Har kuni belgilangan vaqtda professor-o‘qituvchilar bilan talabalar o‘rtasida   onlayn muloqot tashkil etilgan.

Telegram kanalida alohida  – ASMI Students nomli guruh tashkil etilgan bo‘lib, unda darslar jadval asosida barcha fanlar bo‘yicha onlayn ravishda tashkil etilgan.  Bundan tashkari ,  onlayn viktorina va intellektual o‘yinlar o‘tkazib borilmoqda. Xorijiy talabalar istiqomat qilayotgan binolarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

Xorijiy talabalar Talabalar yotoqxonasidan tashkariga chiqmasligi uchun institut xodimlari tomonidan kerakli narsalar bilan taminlanib turilibdi. Talabalarning kunlari zavqli o‘tishi uchun o‘zlarining milliy o‘yinlari o‘tkazib kelinmoqda.

ADTI yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!