alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida mahalla ahli voleybol mashg‘ulotlarida

14:16 26.12.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati tashabbusi bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, aholi o‘rtasida sportni ommalashtirish maqsadida institut hududiga yaqin mahallalarda yashovchi fuqarolar uchun sportning voleybol turi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.


Bugun shanba, ko‘pchilik uchun dam olish kuni. Shuning uchun ertalab soat 7.00 dan 8.00 gacha “Chor guzar” va «Xo‘tan ariq»  mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi uyushmagan fuqarolar uchun voleybol mashg‘uloti o‘tkazildi.


Viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Sport oyligi” munosabati bilan tashkil etilgan mashg‘ulotda mahalla ahli katta qiziqish bilan ishtirok etdilar.

Eng asosiysi esa, voleybol mashg‘uloti ishtirokchilari jismoniy chiniqishlari bilan birga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.

ADTI ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!