alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida Marhamat tumani maktab o‘quvchilari uchun onlayn ma’ruza

15:31 22.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim samaradorligini oshirish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida yana bir onlayn ma’ruza tashkil etildi. “O‘zbekiston tarixi” fanidan dotsent Barnoxon Botirova davolash fakultetining 1-kurs talabalari va Marahamat tumanidagi 47-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchilari hamda 10-, 11-sinf o‘quvchilari uchun “Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot” mavzusida onlayn ma’ruza qildi.


Ma’ruzada Amir Temurning davlat boshqaruvi, Amir Temur hokimiyati o‘rnatilishi, harbiy yurishlari, “Temur tuzuklari”ning davlat boshqaruvidagi ahamiyati xususida ma’lumotlar berildi.

Onlayn ma’ruza barcha ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi. Institut professor-o‘qituvchilarining onlayn ma’ruzalari kelgusida ham davom ettiriladi.

Ulug‘bek Karimov

Davolash fakulteti dekan o‘rnbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!