alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA MA’RUZA VA MAHORAT DARSLARIGA BOY XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILMOQDA

14:54 24.03.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida “Urologik kasalliklarni davolashda innovatsion yondоshuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Anjuman avvalida, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov xorijlik mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda soha doirasidagi hamkorliklarni yanada kengaytirish masalalari haqida suhbat olib borildi. Shuningdek, uchrashuv davomida mehmonlarga institut rektori tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonovning anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi. Germaniya Federasiyasi Rostok universiteti rektori Volfgang Sharek hamda giz tashkilotining Sog‘liqni saqlash dasturi direktori Kornelia Bekker onlayn tarzda tabrik  so‘zlarini yo‘lladilar.

Mazkur anjumanda respublikamiz hamda Rossiya, Germaniya va Hindistondan tashrif  buyurgan hamda onlayn tarzda ishtirok etayotgan professorlar, soha mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar yig‘ilganlarga o‘qib eshittirildi. Anjumanda 20 dan ziyod mahalliy hamda xalqaro mutaxassislar onlayn hamda oflayn shaklda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Shu bilan birga, anjuman doirasida xorijlik soha mutaxassislari tomonidan 10 dan ziyod yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 23-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi Urologiya bo‘limida rossiyalik professorlar Pulbere Sergey Aleksandrovich hamda  Burlaka Oleg Olegovich tomonidan yuqori texnologik operatsiyalar, endourologik va loparaskopik tashrixlar o‘tkazdilar. Buning natijasida operatsiya qilingan yurtdoshlarimiz S.Usmonov hamda O.Hamroyevlar dardlariga chet davlatlarga bormay viloyatimizning o‘zida malakali mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan operatsiyalar orqali davo topadilar. Mutaxassislar operatsiyadan so‘ng bemorlarning ahvollari qoniqarli ekanligini aytmoqdalar.

Anjuman doirasidagi ma’ruzalar va mahorat darslari 25-mart kuni ham davom etadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!