alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida masofaviy ta’lim joriy etildi

11:10 31.03.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida masofaviy ta’lim tizimi 1-apreldan ishga tushiriladi. Oliy ta’lim muassasalarida navbatdan tashqari ta’til davomida talabalarga bilim olishlari uchun masofaviy ta’lim dasturlari joriy etilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot institutida “I-EDU Group” malakaliy xalqaro mutaxassislari bilan birgalikda 2 hafta ichida 699 Gega bayt hajmdagi 118 mingta  o‘quv-uslubiy hujjatlar, shundan sohaga oid 17 ming nomdagi o‘quv adabiyotlari, 30 nomdagi o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, 2451 dona video ma’ruzalar, 802 ta audio ma’ruza, hamda 13 mingta taqdimot, 80 ming dona test savollar banki joylashtirish ishlari yakunlandi.

Bunda, 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 540 ta fan mavjud, jami 5300 nafar, shundan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 4320 nafar, magistratura mutaxassiliklaridan 387 nafarga masofaviy va mustaqil ta’lim olish orqali o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlari uchun sharoit yaratildi.
Andijon davlat tibbiyot institutida “I-EDU Group” mutaxasislari tomonidan Moodle o‘quv jarayonini boshqarish http://e-univer.adti.uz/platformasi joriy etildi.

Ushbu tizim orqali 2019/2020 o‘quv yilining bahorgi semestridagi fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan mavzular yuzasidan talabalarga tegishli bilim va ko‘nikmalar berilishi hamda yakunida on-line tarzda talabalarning fan doirasida test tizimi orqali baholanadi.

Ma’lumot uchun, ushbu platforma hozirgi kunda 29 ta xalqaro elektron ta’lim standartlariga, 146 000 ta sayt, 23 millionta o‘quv kursi, 190 millionta foydalanuvchi, 196 millionta resurs, 2 milliarddan oshiq test va 240  davlatda foydalanib kelinmoqda.

ADTI ma’muriyati https://adti.uz/

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!