ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA NAVBATDAN TASHQARI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA NAVBATDAN TASHQARI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

13:38 05.07.2025

Bugun, 5-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdan tashqari ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar va Kengash a’zolari ishtirok etdi.

Institut rektori kun tartibini e’lon qilib, yig‘ilishni ochib berdi. Mazkur ilmiy kengash yig‘ilishi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan Andijon davlat tibbiyot instituti Biologik kimyo kafedrasi assistenti Muhiddin No‘monjonov hamda uning ota-onasini taqdirlash marosimidan boshlandi. Institut rektori Muhiddinni ushbu davlat mukofotiga erishganligi bilan samimiy qutladi va bir oylik maoshi miqdorida rag‘batlantirdi. Uning ota-onasiga esa tashakkurnoma topshirildi.

Shundan so‘ng, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan “Dolzarb 90 kun” doirasida amalga oshirilgan ishlar va bu borada kafedralarning faolligini oshirish, Joriy yilning sentabr oyida Magistratura bo‘limini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik holati va puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha takliflar, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Hisobotlar O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i A.Pakirdinov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov tomonidan taqdim etildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, aniq rejalar belgilab olindi.

Skip to content