alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida onlayn “Bitiruv kechasi”

16:29 03.07.2020

Onlayn bitiruv kechasini yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov olib bordi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli birinchi bo‘lib “Shifokor qasamyodi”ga bag‘ishlab masofaviy – onlayn tarzda o‘tkazilayotgan bitiruv kechasi O‘zbekiston Davlat Madxiyasi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng tabrik uchun so‘z institut rektori M.M.Madazimovga  berildi

Rektor o‘z tabrigida ustozlik sharafi, shifokorlik mas’uliyati, institut bitiruvchilari erishgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi va bitiruvchilarga omad tiladi.

2019/2020 o‘quv yilida Andijon davlat tibbiyot institutini jami 908 nafar bitiruvchi tamomlamoqda. Shundan 544 nafari bakalavryat, 95 nafari magistratura, 269 nafari ordenatura bitiruvchilaridir. Tantanali tadbirda bitiruvchilarning yo‘nalishlar bo‘yicha buyrug‘i va “Shifokor qasamyodi”ni davolash fakultetining dekani B.Yu.Mamatov o‘qib eshittiridi. Bitiruvchilar jo‘r ovozlikda qasamyod qabul qildilar.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor bitiruvchi yoshlarni “Shifokor” degan sharafli nomga sazovor bo‘lganligi bilan samimiy tabrikladi.

Shundan so‘ng 1-akusherlik ginekologiya kafedrasi mudiri t.f.d. D.B.Asronqulova bitiruvchilarni tabrikladi. Shuningdek davolash fakulteti 6-bosqich talabasi Azizbek Olimov, ota-onalar nomidan R.Burxoniddinov, P.T.Mamajonovalar ham shifokorlik kasbini egallab mustaqil hayotgan qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarga o‘z dil so‘zlarini izhor qildilar.

Tadbir davomida shifokorlarni sharaflovchi dilbar qo‘shiq yangradi.

Xayajonga to‘liq 2019-2020 o‘quv yili bitiruv kechasi barcha ishtirokchilari bitiruvchilarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilagan holda  tadbirga yakun yasaldi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!