alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida onlayn xalqaro talabalar olimpiadasi

15:58 05.05.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya, klinik antomiya kafedrasi tomonidan har yili an’anviy ravishda talabalar olimpiadasi o‘tkazib kelinar edi. Koronavirus pandemisi sababli bu yil talabalar olimpiadasi onlayn shaklida o‘tkazilmoqda.
4 may kuni #UYDAQOLING xeshtegi ostida onlayn talabalar olimpiadasiga start berildi va 16 mayga qadar davom etadi.
Ayni paytda Osiyo tibbiyot instituti, Bishkek xalqaro oliy tibbiyot maktabi, Qirg‘iziston-Rossiya-Slavyan universiteti, Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi, O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakulteti va Andijon davlat tibbiyot institutidan jami 70 nafar ishitrokchilar onlayn talabalar olimpiadasida ishtirok etish istagini bildirdi.
Olimpiada 4 bosqichdan iborat bo‘lib, barcha bosqichlarga videoroliklar qabul qilinadi.
Olimpiada bosqichlari:

  1. Vizitka – bunda siz 3-5 daqiqa oralig‘ida o‘zingiz, oilangiz, nima uchun shifokorlik kasbini tanlaganingiz haqida videorolik (pozitiv, hazil, teatrlashtirilgan, she’riy, musakali, qo‘shiq yoki raqs bo‘lishi kerak).
  2. Oddiy xirurgik tugun – 1 daqiqa davomida nechta xiururgik tugun qo‘ya olishingiz aks etgan videorolik.
  3. COVID-19 uy sharoitida profilaktika qilish bo‘yicha takliflar (qo‘llarni gigienik tozalash yoki himoya niqoblar yasash).
  4. Teatrlashtirilgan patologiya – bunda siz oila azolaringiz yordamida yoki ishtirokida, biror bir patologik kasallikni davolash bo‘yicha teatrlashtirilgan 5-10 daqiqa davomida videorolik tayorlashingiz kerak bo‘ladi (rolikda kasallikning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy chaqiriqqa yo‘naltirilgan bo‘lishi shart).

Videoroliklar Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi mudiri dotsent Z.A.Kaxarov, kafedra assistenti S.S.Abduvorisova tomonidan qabul qilinadi.
O‘z ishlarinigizni +998 91 175 55 07 raqamiga telegram tarmog‘i orqali yuborishingiz so‘raladi.
Hurmatli ishtirokchilar, e’tibor bering, barcha bosqichlarga videorolik tayyorlaysiz.
Shiorimiz: ONLAYN TALABALAR OLIMPIADASIDA KARANTIN QOIDALARIGA TO‘LIQ RIOYA QILINGAN HOLDA ISHTIROK ETAMIZ!

 Onlayn talabalar olimpiadasi

tashkiliy qo‘mitasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!