Andijon davlat tibbiyot institutida o‘quv amaliy taktik mashg‘ulot

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida Andijon shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2020-yilda Yoshlarga oid siyosatni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan talabalar bilan uchrashuv hamda favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish avtotexnika, asbob-anjomlar namoyishi va o‘quv amaliy taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.

Amaliy seminar tarzida o‘tgan uchrashuvni Andijon davlat tibbiyot instituti Fuqaro va mehnat muxofazasi bo‘limi boshlig‘i O‘.Axmedov ochdi va O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2020-yilda Yoshlarga oid siyosatni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora tadbirlar rejasiga asosan amalga oshirilayotgan ishlar xaqida ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.

Tadbirda Andijon shahar FVB boshlig‘i, podpolkovnik I.Azizov so‘zga chiqib o‘tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati, amaliy taktik mashg‘ulot har bir fuqaroning aktiv qatnashishi zarurligi to‘g‘risida gapirdi.

Shundan so‘ng seminarning amaliy qismiga o‘tildi. Bunda mutaxassislar talabalarga qutqaruv asbob-anjomlaridan qanday foydalanishlarini ko‘rsatib o‘tdilar.

Xorijda hamda o‘zimizda ishlab chiqarilgan qutqaruv asbob-uskunalar mustaxkamligi hamda qo‘llanish usullari bilan talaba yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Amaliy mashg‘ulot jarayonida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari qutqarish amaliyotini ko‘rsatib berdilar.

Tadbir davomida mutaxassislar talabalar va xodimlarning mavzuga oid savollariga javoblar berdilar.

Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda barchamiz tayyor bo‘lib tadbirda ko‘rsatilgan holatlarni amaliyotda bajara olishimiz kerakligini ta’kidlab o‘tdilar.

O‘.Ahmedov

ADTI Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i

131