alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan anjumanda onalik va bolalikni muhofaza qilishning dolzarb vazifalari muhokama qilindi

14:35 23.02.2019

2019- yil 23-  fevral kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida  viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda «Onalik va bolalikni muhofaza  qilishning  dolzarb vazifalari”  mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni institut rektori, professor M.Madazimov ochib, bugungi kunda mamlakatimizda  aholi salomatligi, onalik va  bolalikni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan  izchil islohotlarga to‘xtaldi va ilmiy-amaliy  anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Dolzarb mavzudagi anjumanda   viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari mas’ul mutaxassislari, Andijon davlat tibbiyot institutining  professor-o‘qituvchilari   va talabalari qatnashdilar.

Anjumanda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘limi  mutaxassisi G.Abdullaeva “Andijon viloyati sog‘liqni saqlash tizimida bolalarga ko‘rsatilayotgan  tibbiy xizmat holati, yutuqlar, muammolar va ularning yechimi”, Viloyat perinatal markazi bosh shifokori   G.Rahimova “Viloyatda bolalar o‘limi kelib chiqish sabablari va oldini olish borasidagi vazifalar”, ADTI gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi mudiri, dotsent  M.G‘anieva “O‘tkir  bronx-o‘pka kasalliklari muammosi, zamonaviy diagnostikasi va davolash algoritmlari”,  Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash  fakulteti neonatologiya kafedrasi  dotsenti D.Ergashboeva “Og‘ir asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlar  reanimatsiyasi”, 2-akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, dotsent  X.Nigmatshaeva  “Gipertenziv  holatlarda akusherlik  qon ketishlarni  oldini  olish”, Vrachlar malakasini  oshirish  va qayta   tayyorlash  fakulteti   akusherlik va ginekologiya  kafedrasi  mudiri   O.Yakubova “Homiladorlikni  antenatal parvarish sifatini  yaxshilash”  kabi  dolzarb mavzularda ma’ruzalar  qildilar.

Shuningdek, anjumanda  viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining   birinchi o‘rinbosari  Sh.Mamajonov, ADTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.Hodjimatov, davolash ishlari bo‘yicha mas’ul  B.Mirzakarimovlar ham ishtirok  etishib,  ma’ruzalar yuzasidan  o‘zlarining fikr-mulohazalarini  bildirdilar.

Anjuman yakunida tadbir ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro muhokama va savol-javoblar bo‘lib, onalik  va bolalikni muhofaza qilish borasida kelgusida bajarilishi zarur  bo‘lgan  muhim vazifalar  belgilab olindi hamda ilmiy-amaliy anjuman rezolyutsiyasi qabul  qilindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!