alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida Prezident Murojaatnomasi chuqur o‘rganilmoqda

13:29 15.01.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020-yil, 29-dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir.

Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar va talabalarga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, unda ilgari surilgan ustuvor vazifalar chuqur o‘rganilmoqda.


Institutning ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan institutning barcha kurslarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot darslarida Murojaatnomada tibbiyot sohasiga alohida urg‘u berilgani, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar haqida atroflicha tushunchalar berilmoqda.


Bundan tashqari, targ‘ibot darslarida yurtimizda xalqimizning madaniy-ma’rifiy hayotini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi, ta’lim, iqtisodiyot, sud-huquq,  soliq tizimi sohasida olib borilayotgan islohotlar va mazkur sohalarda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar xususida so‘z yuritildi.


Andijon davlat tibbiyot institutida Prezidentimiz Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini o‘rganishga qaratilgan targ‘ibot darslari davom etmoqda.

ADTI ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!