alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar va talabalar taqdirlandilar

17:02 26.02.2019

2019- yil 26- fevral sanasi  Andijon  davlat tibbiyot institutida tantanali  tadbirlar kuni  sifatida tarixga muhrlandi. Shu kuni institut foyesida mehmonlar, yubilyarlar  va g‘oliblar  bayramona  kutib olindi.

Avval xabar berganimizdek, institutning bir guruh talabalari Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan edilar. Dastlab, anatomiya, operativ jarrohlik  va topografik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Z.Qahharov boshchiligidagi bir guruh talabalar guldastalar bilan bayramona kutib olindi. Kutib olish marosimida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov va institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari ishtirok etdilar.

Shundan so‘ng, ilmiy kengashlar zalida institutning ilmiy kengash a’zolari va mehmonlar ishtirokida navbatdagi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish oldidan tantanali qutlovlar marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanani institut rektori, professor M.Madazimov  ochib, institutda uzoq yillar samarali va sermahsul ilmiy va ijodiy mehnat qilib kelayotgan qadrli ustoz Sayfiddin Tursunovni tabarruk 80 yoshi bilan qizg‘in muborakbod etib, institut jamoasi nomidan guldasta va sovg‘alar taqdim etdi.

ADTI professori Mamazoir Xo‘jamberdievning qutlug‘ 75 yoshga to‘lishi munosabati bilan institut jamoasi hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP  Markaziy kengashi hamda viloyat Kengashi nomidan  tabriklab, sovg‘alar va guldastalar  bilan taqdirladi.

Ko‘plab shogirdlar tarbiyalayotgan, izlanib mehnat qilib kelayotgan dotsent Jo‘raxon Saidxodjaevaning tabarruk yoshi bilan  samimiy qutlab, hurmat – ehtirom ko‘rsatildi. J.Saidxodjaeva o‘z  qadrdon  jamoasiga bildirilgan  hurmat-e’tibor uchun o‘z minnatdorchiligini  bildirdi. Shundan so‘ng,  fan doktorligi ilmiy unvoniga erishgan D.Hakimov, dotsentlik ilmiy darajasini olgan D.Xasanovlar e’lon qilinib, ularga diplomlar va pul mukofotlari topshirildi.

Ilmiy kengash yig‘ilishi davomida tantanali kutib olingan olimpiadachilar: dotsent Z.Qaxxarov,  davolash fakulteti  talabalari I.Ziyaev, J.Umurzaqov, R.Tursunova va magistratura yo‘nalishi talabasi D.Abdurahmonovalarning Dog‘iston   davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan  Butunrossiya  xalqaro olimpiadasida erishgan yutuqlari tilga olinib, ularga sertifikatlar va pul mukofotlari topshirildi.

Mazkur olimpiada munosabati bilan institut rektori M.Madazimov nomiga  rektor S.Mammaev nomidan minnatdorchilik xati va Dog‘iston safari davomida  namunali  ma’ruza o‘qiganligini uchun (M.Madazimov)sertifikat bilan taqdirlanganligi aytib o‘tildi.

Tantanali yig‘ilishda  professor M.Umarxo‘jaev, O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom, professor M.Xo‘jamberdievlar so‘zga chiqib, ustoz S.Yunusov, J.Saidxodjaevalar haqida samimiy fikrlar bildirib,  qutlovlar uchun minnatdorchiliklarini bildirdilar. Shuningdek, 2018 yil  yakuni bo‘yicha   samarali natijalarga erishgan  bir guruh professor-o‘qituvchilarga pul mukofotlari topshirildi.

Ilmiy kengash yig‘ilishida  kun tartibidagi masalalar bo‘yicha  hisobot-ma’ruzalar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!