alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “REFERENDUM VA YOSHLAR” MAVZUSIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

16:40 24.03.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U.Qobiljonov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiyada Inson huquqlarini himoya qilish, taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Bosh qomusimizda yoshlarning huquq va manfaatlari, ularni qo‘llab-quvvatlash masalasi, huquq va burchlari konstitusiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yilayotgani haqida aytib  o‘tildi.  Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!