alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida rossiyalik kardiologlar

17:22 09.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim va tibbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasidagi qarorlari ijrosini ta’minlash, xususan, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlarning tibbiy bilimlarini hamda pedagog-o‘qituvchilar, shifokorlarning malakasini oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutiga rossiyalik malakali kordiologlar taklif etildi.

Xorijlik mehmonlar – Rossiya Federatsiyasining Prezidenti ishlari boshqarmasining Markaziy klinik shifoxonasi poliklikasi bilan Federal davlat byudjet tashkiloti kardioreanimatsiya bo‘limi boshlig‘i, kardiologiya va umumiy terapiya kafedrasi dotsenti, t.f.n Lomakin Nikita Valerevich va Rossiya Federatsiyasining Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Eksperimental kardiologiya institutiningetakchi ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori, professor Buryachkovskaya Lyudmila Ivanovnani institut rektori Madaminjon Madazimov rahbarligidagi institut jamoasi samimiy kutib olishdi.


Rossiyalik kardiologlarning tashrifi institut fakultet terapiya, 2-UAShT, gospital terapiya va endokrinologiya, anesteziologiya-renimatologiya, bolalar anesteziologiya reanimatologiya kafedralari tashabbusi bilan tashkil etildi.

Samimiy muloqot davomida institut rektori M.Madazimov mehmonlarni institut hayoti bilan yaqindan tanishtirdi. Rossiyalik mehmonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganligidan mamnunligini bildirdilar. O‘zbekiston yildan yilga ko‘rkamlashib, har sohada, ayniqsa, qurilish, bunyodkorlik ishlari borasida rivojlanib borayotganligi e’tirof etdilar.

Rossiyalik mutaxassislarning tashrifi davomida institut davolash fakulteti 4-, 5-bosqich talabalariga kardiologiya moduli bo‘yicha ma’ruzalar o‘qib berilishi rejalashtirilgan.

ADTI axborot xizmati  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!