Andijon davlat tibbiyot institutiga rossiyalik neyroxirurg tashrifi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi akademik N.N.Burdenko nomli neyroxirurgiya MTTM etakchi mutaxassisi  Andrey Vladimirovich Kozlov  Andijon davlat tibbiyot instituti bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarroxlik kafedrasi tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida 5-kurs pediatriya fakulteti talabalariga neyroxirurgiya fanidan “Bosh miya va kalla suyaklari jarohatlari, klinikasi, tashhislash va davolash“ mavzusida ilmiy-amaliy maruza o‘qidi.

Maruzada  professor-o‘qituvchilar, magistrlar, klinik ordinatorlar va talabalar qatnashdi. Tashrif davomida   bemorlarning  ko‘rigini  o‘tkazib berdi.

Mahorat darsi davomida bemorda murakkab operatsiya o‘tkazdi. Shuningdek savollarga javob berdi, amaliy ko‘nikmalarni bajarilishini ko‘rsatdi.

187