alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida rus tili fanidan onlayn olimpiada o‘tkazildi

13:09 02.05.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari N.Sh.Buranova, M.R.Mamadjanova, Yu.K.G‘afurova, G.I.Xaitbayeva tashabbusi bilan 1-2 may kunlari talabalar o‘rtasida rus tili fanidan onlayn olimpiada o‘tkazildi. Olimpiada 4 bosqichda o‘tkazildi. Unda 10 talaba ishtirok etdi.

Talabalar 1-bosqichda  rasm ustida ishlashdi. 2-bosqichda test sinovlari o‘tkazildi, 3-bosqichda monolog tuzish bo‘yicha shart bajarildi va 4-bosqichda tabalarning grammatik sovodxonligi tekshirildi. Talabalar belgilangan vaqt mobaynida topshiriqlarni topshirishga kirishdilar. Rasm ustida ishlash va monolog topshiriklarini audioyozuv orqali o‘qib eshittirdilar.
Onlayn topshirilgan test sinovlari esa o‘qituvchilar tomonidan chuqur o‘rganildi.
Onlayn olimpiada tashkilotchilarining yakuniy xulosalariga ko‘ra 301 ball bilan 101- davolash guruhi talabasi Dildora Sodiqova 1-o‘rinni egalladi.

2-o‘rinni 292 ball to‘plagan 106-pediatriya guruhi talabasi Muniba Jaloliddinova, 278 ball to‘plagan 104-davolash guruxi talabasi Madinabonu Madrahimova esa 3-o‘rinni egalladilar.


Kafedra mudiri M.M. Qo‘zibaeva onlayn olimpiadaning barcha ishtirokchilarni tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffakiyat tiladi.

M.R.Mamadjanova

ADTI O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!