alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Shukronalik” tadbirlari

12:19 21.12.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida an’anaga ko‘ra hafat avvalida “Shukronalik” tadbirlari o‘tkazildi.
Institut klinikasida “Shukronalik” tadbiri fakultet terapiya kafedrasi tomonidan o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

“Shukronalik” tadbirida kafedra dotsenti B.M.Vaxabov shukronalik tushunchasi, uning hozirgi davrda butun dunyoda turli geopolitik, epidemiologik murakkab vaziyatlarda naqadar qadrli ekangini har bir O‘zbekiston fukarosi his kilishini, farovon kunlarmizga shukronalik  keltirib yashashimiz zarurligi ta’kidlab o‘tdi. Tadbir davomida davolash fakulteti dekani, dotsent B.Yu.Mamatov so‘z olib, kirib kelayotgan yangi yilni oila davrasida kutib olish va xavfsizlik choralariga rioya kilish to‘g‘risida talabalarga tushuncha berib o‘tdi.
Institutning asosiy binosida “Shukronalik” tadbiri anatomiya va klinik ananomiya kafedrasi jamoasi tomonidan o‘tkazildi.

Tadbirda kafedra katta o‘qituvchisi I.Sattiboyev, kafedra dotsenti R.Ubaydullayevlar karonovirus pandemiyasi bog‘liq ma’lumotlar, talabalarning qishgi ta’til davomida e’tibor qaratishi zarur masalalar yuzasidan fikrlar bildirishdi.

“Shukronalik” tadbiri 2-o‘quv-laboratlriya binosida mikrobiologiya kafedrast tomonidan o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar har birimiz pandemiya talablariga qat’iy amal qilishimiz zarurligi ta’kidlab o‘tdilar.
“Shukronalik” tadbirlarida institut ichki-tartib qoidalari, talabaning kiyinish madaniyati yuzasidan ham fikrlar bildirildi.

Talabalar ta’lim jarayonidagi yangiliklar bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!