alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida "Shukronalik" tadbirlari

11:17 11.01.2021

Qishki ta’til yakunlanib Andijon davlat tibbiyot institutida darslar davom ettirilmoqda. An’anaga ko‘ra hafta «Shukronalik» tadbiri bilan boshlandi. Institutt asosiy binosida patologik fiziologiya kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan «Shukronalik» tadbirda kafedra mudiri Sh.X.Hamroqulov barcha talabalarni Yangi yil bilan yana bir bor tabrikladi, pandimiya shoroitida karantin qoidalariga amal qilish zarurligi to’g’risida ma’ruza qildi.

«Shukronalik» tadbiri institut Klinikasi binosida Nevrologiya kafedrasi tomonidan  o’tkazildi.
Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, tinch va osoyishtalikda o’tayotgan har bir kunimizga, sog’-salomat uyg’onganimizga shukronalik qilishimiz kerakligini ta’kidladi.

Nevrologiya kafedrasi  o’quv ishlari bo’yicha mas’uli  O.B.Qo’chqorova va kafedra assistenti N.I.Raxmatullayevalar yurtimiz va xorij yangiliklari bilan tanishtirdilar, “Ma’naviyatli talaba qanday bo’lishi kerak?” mavzusida ma’ruza qildilar.

Tadbir yakunida Davolash fakulteti dekani v.b L.M.Aliyev talabalarga institut ichki tartib qoidalari haqida, darslarga muntazam qatnashishlik haqida gapirib ularga omad va zafarlar tiladi.

Institutning 2-o‘quv-laboratoriya binosida  O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbirlari ham ana shu mavzularga bag‘ishlandi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!