Andijon davlat tibbiyot institutida “Shukronalik” tadbirlari

image_pdfYuklab olish (pdf)

An’anviy darslar boshlanganligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti hafta avvalida o‘tkaziladigan “Shukronalik” tadbirlari boshlandi. Institut klinikasi binosida «Shukronalik» tadbiri Otorinoloringologiya kafedrasi tomonidan  o‘tkazildi.

Tadbirni davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Karimov ochib, tinch va osoyishtalikda o‘tayotgan har bir kunimizga, sog‘-salomat uyg‘onganimizga shukronalik qilishimiz kerakligini ta’kidladi. Shundan so‘ng, professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi kuylandi.

Otorinoloringologiya kafedrasi mudiri, professor Q.Q.Qosimov va kafedraning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha ma’suli U.Abdumutalipovlar  yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklar bilan tanishtirdilar va 1-dekabr – “OITS ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan mazkur kasallikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’ruza qildilar.

“Shukronalik” tadbir yakunida davolash fakulteti dekani, dotsent B.Yu.Mamatov talabalarga institut ichki-tartib qoidalari haqida gapirib ularga omad va zafarlar tiladi.

Institut asosiy binosida “Shukronalik“tadbir normal fiziologiya kafedrasi tomonidan o‘tkazildi.

Unda kafedra assistenti. G.A.Turabidinova so‘zga chiqib, COVID-19 tashxisi, profilaktik chora-tadbirlari to‘g‘risida tabalarga malumotlar berdi. Karantin sharoitida oraliq masofani saqlash, shaxsiy gigiena vositalari va antiseptik vositalar yordamida o‘zi va yaqinlari sog‘lig‘ini himoya qilishi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Ijtimoiy gigiena va SST kafedrasi tomonidan institut 2-o‘quv binosida o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbirida ham  1-dekabr – “OITS ga qarshi kurash kuni” hamda karantin tartib-qoidalariga rioya qilisht mavzusida so‘z yuritildi.

“Shukronalik” tadbirlarida ishtirok etgan har bir talaba ko‘tarinki kayfiyat bilan mashg‘ulotlar sari yo‘l oldilar.

ADTI axborot xizmati

131