alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida sport keng ommalashmoqda

20:19 06.01.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari aholi o‘tasida sog‘lomlashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish borasida bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Institut jamoasi aholini, jumladan yoshlarni, turli korxona, tashkilot xodimlarini sportga jalb qilish maqsadida institut Talabalar turar joyidagi sport zalida aholi uchun barcha sharoitlarni yaratdilar va turli sport musobaqalarini tashkil etishmoqda.

Bugun  Milliy Bank Andijon viloyat bo‘limi xodimlari ishtirokida sportning voleybol turi bo‘ycha bahslar o‘tkazildi.
Qiziqarli baxslarni institut i jismoniy tarbiya o‘qituvchilari Z.Abdullayeva , A.Tuychiyev, B.Halilovlar kuzatib va baholab borishdi.

Qiziqarli sport bahslarida ishtirok etgan Milliy bank xodimlari institut ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirishdi va sport bilan muntazam shug‘ullanishga ahd qildilar.

ADTI ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!