alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “TA’LIM MUASSASALARIDA 5 MUHIM TASHABBUS BO‘YICHA TADBIRLAR O‘TKAZISH MASALALARI” MAVZUSIDA ONLAYN ILMIY- NAZARIY KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

14:13 16.06.2020

2020-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Andijon davlat tibbiyot institutining ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi hamkorligida “Ta’lim muassasalarida 5 muhim tashabbus bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish masalalari” mavzusidagi onlayn ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada masofaviy anjumanlarni o‘tkazish uchun aloqa dasturlari – ZOOM platformasi orqali respublikamizning turli hududlaridan barcha oliy ta’lim muassalarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlari, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul mutaxassislar va faol talabalar ishtirok etdilar. Konferensiyani Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov olib bordi.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov konferensiyani ochib berar ekan, pandemiya sharoitida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
 

Konferensiyada  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’naviy va ahloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.X.Bozorov hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul mutaxassislari mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiyada O‘zbekiston Milliy universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Samarqand davlat universiteti, Buxoro muxandislik texnologiyalari instituti,  Navoiy davlat pedagogika instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti va boshqa bir qator oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari “O‘zbekistonda g‘oyaviy yangilanishlar va oliy ta’lim tizimida 5 muhim tashabbusning o‘rni va ahamiyati”, “Ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish jamiyat rivojining asosi”, “5 muhim tashabbus mohiyatini anglashda ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarga murojaatning zarurligi”, “YOshlarning iste’dodini shakllantirishda san’at va estetikaning tizimli va universal mohiyati”, “Masofaviy onlayn tadbirlar o‘tkazishning ayrim hususiyatlari” kabi mavzularda ma’ruzalar qilishdi.


Konferensiyada mavzu yuzasidan munozara va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, takliflar kiritildi, konferensiya rezolyusiyasi qabul qilindi.

Tadbir ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan onlayn ilmiy-nazariy konferensiya o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!