alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida tanishuv darslari davom etmoqda

11:48 13.10.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida 1-kursga tavsiya etilgan talaba-yoshlar uchun tanishuv darslari davom etmoqda.


Tanishuv darslari ma’ruzalar zallari va o‘quv auditoriyalarida  fakultetlarga bo‘lingan holda tashkil etilmoqda.  Maxsus tuzilgan rejaga ko‘ra 12-oktabr kuni davolash fakulteti talbalari institut hayoti bilan tanishgan bo‘lsalar, bugun – 13 oktabr kuni pediatriya fakulteti 1-kursiga qabul qilingan talablar uchun tanishuv darslari o‘tkazilmoqda.


An’anaviy ta’lim shaklida boshlangan ushbu dars jarayonlari karantin talablariga to‘liq rioya qilgan holda tashkil etilmoqda.

Bakalavriat ta’lim  yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalarni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.v.b  B.Abdullajonov, o‘quv ishlari bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov, yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha prorektor v.v.b  M.Qo‘ziboyeva, pediatriya fakulteti dekani A.G‘afurov, dekan o‘rinbosarlari kutib olidilar va Andijon davlat tibbiyot instituti birinchi kursga qabul qilinganliklari bilan samimiy tabrikladilar.

Samimiy muloqot davomida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b B.Abdullajonov mamlaktimizda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, tibbiy xodimlarga qo‘ylilayotgan talab, vazifalar, institut rahbariyati, dekanat va kafedra professor-o‘qituvchilari bilan tanishtirdi. Institutning “Odob-axloq qoidalari”, “Vrach deontologiyasi va kasb odobnomasi” haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, darslarda oliy ta’lim muassasasi talabasi maqomi, o‘tiladigan darslar, kredit-modul tizimida o‘qish tartiblari, masofaviy (onlayn) ta’lim olish bo‘yicha ham muhim tushuntirishlar berildi.

Shuningdek,  tanishuv darslari jarayonida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b B.Abdullajonov talabalarga institutda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlardan, professor-o‘qituvchilar salohiyatidan unumli foydalanib yuqori malakali kadrlar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.

Birinchi kurs talabalari onlayn ta’lim jaryoni – o‘quv, amaliyot jarayonidagi yangiliklar, institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan yetarlicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!