Andijon davlat tibbiyot institutida tanishuv darslari

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida 1-kurs talabalari uchun tanishuv darslari ma’ruzalar zallari va o‘quv auditoriyalarida  fakultetlarga bo‘lingan holda tashkil etildi.  Maxsus tuzilgan rejaga ko‘ra 14-oktabr kuni stomatologiya fakulteti va “Xalq tabobati”, “Oliy hamshiralik ishi” va “Kasbiy ta’lim” yo‘nalishlari talablari uchun tanishuv darslari o‘tkazilmoqda.

An’anaviy ta’lim shaklida boshlangan ushbu dars jarayonlarida karantin talablariga to‘liq rioya qilinmoqda.

Bakalavriat ta’lim  yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalarni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.v.b. B.Abdullajonov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori v.v.b M.Qo‘ziboyeva, o‘quv ishlari bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov, stomatologiya fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari va yo‘nalishlar mas’ullari kutib oldilar va birinchi kursga qabul qilinganliklari bilan samimiy tabrikladilar.

1-kurs talabalari bilan muloqot davomida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.v.b. B.Abdullajonov oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar, institut rahbariyati, dekanat va kafedra professor-o‘qituvchilari bilan tanishtirdi.

Institutning “Odob-axloq qoidalari”, “Vrach deontologiyasi va kasb odobnomasi” haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, darslarda oliy ta’lim muassasasi talabasi maqomi, o‘tiladigan darslar, kredit-modul tizimida o‘qish tartiblari, masofaviy (onlayn) ta’lim olish bo‘yicha ham muhim tushuntirishlar berildi. Birinchi kurs talabalari onlayn ta’lim jaryoni – o‘quv, amaliyot jarayonidagi yangiliklar, institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan yetarlicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Shuningdek,  tanishuv darslari jarayonida institut jamoasi talabalarga institutda yaratilgan shart-sharoitlardan, professor-o‘qituvchilar salohiyatidan unumli foydalanib yuqori malakali kadrlar bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdilar.

 ADTI axborot xizmati

313