Andijon davlat tibbiyot institutida “Tanishuv haftaligi”

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida 2020/2021 o‘quv yili uchun talabalikka qabul qilingan abiturientlar uchun “Tanishuv haftaligi” jarayoni boshlandi.

Bakalavriat ta’lim  yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalar bilan institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov, o‘quv ishlari bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov, yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari uchrashib  Andijon davlat tibbiyot instituti birinchi kursiga qabul qilinganliklari bilan samimiy tabrikladilar.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov mamlaktimizda ta’lim sohasida, jumladan tibbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar, tibbiy xodimlarga qo‘ylilayotgan talab, vazifalar, institut hayoti va faoliyati, institut professor-o‘qiluvchilarning ilmiy slohiyati bilan tanishtirdi.

Birinchi kurs talabalari onlayn ta’lim jaryoni – o‘quv, amaliyot jaryonidagi yangiliklar, institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan yetarlicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

“Tanishuv haftaligi”da talabalarga guruh murabbiylari tomonidan institut ichki tartib-qoidalari, tibbiyot instituti talabasining kiyinish madaniyati yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Andijon davlat tibbiyot institutining 1-kurs talabalari “Tanishuv haftaligi” jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javoblar olishmoqda.

ADTI axborot xizmati

266