Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzucida yosh olimlar Respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyasi bo‘lib o‘tdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bag‘ishlangan “Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzucidagi yosh olimlar Respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyasini institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.M.Xodjimatov ochib berdi.

Shundan so‘ng “COVID – 19” pandemiyasi oqibatida karantin hududtiga mas’ulligi sababidan videokonferensiyada ishtirok eta olmayotgan institut rektori, professor M.M.Madazimovning tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi.

So‘ng yosh olimlarning ma’ruzalari tinglandi. Yosh olimlar uchun respublikada birinchlardan bo’lib o’tkazilgan videokonfrensiyada ishtirokchilar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ish olib bordilar.

Videokonferensiyada respublikamizning barcha tibbiyot oliygoxlaridan yosh olimlar ishtirok etishdi. Anjumanga ichki kasalliklar, jarrohlik, akusherlik-ginekologiya va pediatriya, mediko-biologik fanlari yo‘nalishlari bo‘yicha 40 ortiq ma’ruzalar, 700 dan ziyod tezislar kelgan. Barcha tezislar to‘plam va elektron to‘plam shaklida chop etildi.

Ma’ruzalarning dolzarbligi, maqsad va vazifalar, qo‘llanilgan usullar, olingan natijalar, muhokama, xulosalarga asosan maxsus hay’at tamonidan baholandi.

Hakamalar tomonidan g‘oliblar aniqlandi:

I darajali diplom bilan Islombek Bektashyev, ADTI Davolash fakultetit 5-kurs talabasi (Mavzusi: Silga  chalingan bemorlarda dori vositalariga turg‘unlik rivojlanishining oldini olish);

II darajali diplom bilan Shoxjaxon Xamrayev, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 5-kurs talabasi (Mavzusi: Koxlyar implantatsiyaning bugungi kundagi ahamiyati);

III darajali diplom bilan Shoxrux Axmadaliyev, ADTI Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi yo‘nalishi 2-kurs magistranti (Mavzusi: Bolalar bilak-tirsak suyaklari sinishida amalga oshiriladigan tashrixlarda ultratovushli navigatsiya yordamida bajariladigan regionar anesteziya samaradorligini baholash) taqdirlandilar

Shuningdek videokonferensiya davomida 3 ta nominatsiya:

“Eng yosh olim” nominatsiya bo‘yicha Shoxrux Ibraximov, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti pediatriya fakulteti 2-kurs talabasi;

“Eng yaxshi ilmiy g‘oya” nominatsiya bo‘yicha Dilmurod Muxammadjonov,  TTA Termiz filiali talabasi;

“Eng yaxshi ijodiy yondashuv” nominatsiya bo‘yicha Yulduz Baltaeva, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali assistenti g‘olib deb topildi.

Shuningdek, tanlov hakamlar qarori va institut rektori bilan kelishilgan holda qo‘shimcha rashvishda quyidagi yosh olimlar ham rag‘batlantirildi:

  • Gafarov Rushen, Samarqand davlat tibbiyot instituti urologiya kursi assistenti;
  • Raxmanova O.A., Toshkent davlat Stomatologiya instituti 2-kurs magistri;
  • Rajabova Gulchexra, BuxDTI Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi assistenti;
  • Sapayeva Feruza, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Mikrobiologiya kursi doktoranti;
  • Nazarov Ravshan, TTA tibbiy pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi.

G‘oliblar 500,000 so‘mdan  1000,000  so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Rag‘batlantirish mablag‘lari g‘oliblarning plastik kartalariga “CLICK” tizimi orqali etkazilishi aytib o‘tildi. Videokonferensiyaning barcha ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlandi.

Videokonferensiya yakunida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.M.Xodjimatov yosh olimlarga videokonferensiyadagi ishtiroki uchun institutimiz ma’muriyati nomida minnaddorchilik bildirdi va yoshlarning kelgusidagi ishlaringa muvaffaqiyatlar tiladi.

“Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzucidagi yosh olimlar Respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyasi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

Sherzodbek Bustanov,

ADTI Iqtidorli talabalarning ilmiy- tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i

242