alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida respublika onlayn ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi

16:30 19.10.2020

21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berigan kun munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida onlayn ilmiy-nazariy konferensiyada  tilshunos, adabiyotshunos olimlar, o‘zbek tili yo‘nalishilari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan magistlar, talabalar ishtirok etdilar.

Onlayn ilmiy-nazariy konferensiyani Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori v.v.b M.M.Qo‘ziboyeva tabrik so‘zi bilan ochar ekan, o‘zbek tilining nufuzi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi M.Bekiyeva, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti A.Hasanov, QDPI Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi K.Oripova, Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi M.Madaminova, ADU doktoranti H.Ismoilov va boshqalarning «O‘zbek tilining davlat tili sifatida rivojlantirish muammolari”, “Til har bir millatning buguni va kelajagini belgilab beruvchi omildir”, “O‘z ona tilisini yo‘qotgan har qanday millatning o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar”, «Ta’limda til sofligini saqlash muammolari”, «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada takomillashtirish yo‘llari” kabi mavzulardagi ma’ruzalari konferensiyaning onlayn ishtirokchilari tomonidan qiziqish bilan qabul qilindi.

Ma’ruzalar yakunida o‘zbek tili mutaxassislari va konferensiya ishtirokchilari o‘rtasida mavzu yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

“Til – millat ko‘zgusi” mavzusidagi onlayn ilmiy-nazariy konferensiya o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!