Andijon davlat tibbiyot institutida Turkiyaning Xadjettepe universiteti professor-o‘qituvchilari

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorlari ijrosini ta’minlash, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini mustaxkamlash orqali ularning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish maqsadida Turkiyaning Xadjettepe universitetidan professor-o‘qituvchilar Andijon davlat tibbiyot institutiga taklif etildi.

Taklifga javoban Xadjettepe universiteti klinikasi bosh direktori, kardiolog, professor Nucla Ozer xonim, kardiologiya bo‘limidan kardiojarroh, professor Recep Oktay Peker, Onkologiya bo‘limidan professor Mustafa Erman  Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.

Turkiyalik mehmonlarni institut rektori. professor M.M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov, xorijiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov, 1-UASHT kafedrasi mudiri Z.S.Salaxiddinov, Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri D.Mamarasulova, Umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri S.Salaxiddinovlar samimiy kutib oldilar.

Samimiy suhbat davomida institut jamaosi mehmonlarni institutning ilmiy salohiyati, xorijiy hamkorlari, institutda xorijiy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institut klinikasi faoliyati bilan tanishtirdilar.

Shundan so‘ng turkiyalik mehmonlar institut simulyasion markazida bo‘lib talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Turkiyaning Xadjettepe universiteti professor-o‘qituvchilari tashrifi davomida talabalar, magistrlar va mutaxassislar uchun  amaliy mashg‘ulotlar, seminar-trening, mahorat darslari, ma’ruza va bemorlar ko‘riklarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Xadjettepe universiteti professor-o‘qituvchilarining Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lishi 16 fevralgacha davom etadi.

ADTI axborot xizmati

143